» » Orol dengizining 363 ming gektar qurigan maydoniga saksovul ekildi

Orol dengizining 363 ming gektar qurigan maydoniga saksovul ekildi


18-fevral holatiga ko‘ra, Orol dengizi qurigan yer maydonining 363 ming gektariga saksovul urug‘i ekilgan yana 917,2 ming gektar yer ekishga tayyorlangan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tuzilgan tezkor shtab tomonidan taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra, tayyor urug‘ni idishlarga joylashtirish, ekish maydonlarini tayyorlash, ekish va boshqa tadbirlarda jami bir ming 560 kishi ishtirok etgan. Bu ishlarga 462 texnika va 2 samolyot jalb qilingan.

Samolyot yordamida 266 ming gektar maydonga saksovul urug‘i sepilgan bo‘lsa, traktor yordamida 96,5 ming gektar yerga ekilgan. Bugungi kungacha bir ming 321 tonnadan ortiq saksovul urug‘i yig‘ilgan. Uning 260 ming kilogrammdan ortig‘i mahalliy aholi tomonidan yig‘ilib, ularga mehnat haqi o‘z vaqtida berib kelinmoqda. Hozirgi kunga qadar to‘rt milliard so‘mdan ortiq pul mahalliy urug‘ yig‘uvchilar mehnatiga to‘langan.

“Dengizning qurigan maydonlarida 40 ta artezian qudug‘i qaziladigan bo‘ldi. Chuchuk suv chiqyapti. Bu kelajakda chorvachilikni rivojlantirish imkonini beradi, degani. Qator xorijiy va mahalliy hamkorlarimiz saksovullar orasiga dorivor giyohlar ekish ishlarini ham boshlamoqchi. Bu ham o‘ta istiqbolli loyiha”, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi Uzaqbergen Utambetov.

Joriy yilda dengizning qurigan maydonida 500 ming gektar “yashil qoplama” barpo etish rejalashtirilgan bo‘lib, buning uchun 100 milliard so‘m ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют