» » AQShda bir sutkada koronavirusdan 2139 kishi vafot etdi, 27 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi

AQShda bir sutkada koronavirusdan 2139 kishi vafot etdi, 27 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi


AQShda so‘nggi bir sutkada koronavirus bilan xastalangan 2139 kishi vafot etdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda COVID-19 kasalligidan vafot etganlarning umumiy soni 46611 kishiga yetgan, bir kun avval esa 2751 kishi kasallik qurboniga aylangan.

AQShda koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 840476 kishiga yetgan, so‘nggi bir sutkada 27639 ta yangi holat qayd etilgan. Kasallangan bemorlarning 76614 nafari tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Jons Hopkins universiteti federal va mahalliy rasmiylarning ma’lumotlari, shuningdek, OAV va boshqa manbalarning ma’lumotlarini birlashtiradi. AQSh koronavirusga chalinganlar va undan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz oqibatida ishsiz qolgan amerikaliklarni himoya qilish maqsadida mamlakatga kiruvchi immigrantlar oqimini kamida 60 kunga to‘xtatish haqidagi farmonni imzoladi. AQShning Missuri shtati koronavirus sabab Xitoyni sudga berdi.

Mavzuga doir: AQShda koronavirusning ikkinchi to‘lqini birinchisidan ham xatarli bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют