» » 2020-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,14 mlrd dollarni tashkil qildi

2020-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,14 mlrd dollarni tashkil qildi


Davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yil yanvar–mart oylari yakuni bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2019-yilning mos davriga nisbatan 10,2 foizga (924,1 million dollarga) kamayib 8,14 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan.

Yanvar–mart oylari davomida tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 3,3 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 374,7 million, ya’ni 10,9 foizga kamaygan. Import hajmi 4,7 milliard AQSh dollarini tashkil etib, 2019-yildagi ushbu davrga qiyoslaganda 765,7 millionga – 9,7 foizga kamaygan. Hisobot davrida – qariyb 1,4 milliard AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston iqtisodiyotini ijobiy baholayotgan Xalqaro valyuta fondi

Avval 2020-yilning yanvar—fevral oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,9 milliard dollarni tashkil etgani xabar qilingandi. 2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2,9 milliard dollarni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют