» » Nigeriyalik ayol 43 yillik urinishlardan so‘ng 68 yoshida egizak farzandli bo‘ldi

Nigeriyalik ayol 43 yillik urinishlardan so‘ng 68 yoshida egizak farzandli bo‘ldi


Nigeriyaning Lagos shahrida 68 yoshli ayol egizak farzandlarni dunyoga keltirdi, deb yozadi Daily Mail.

Margarett Adenuga va uning turmush o‘rtog‘i 70 yoshli Noa Adenuga 43 yil davomida farzand ko‘rishga uringan.

Ayol to‘rt marta ekstrakorporal urug‘lantirish muolajasini olgan, biroq ulardan faqatgina to‘rtinchisi muvaffaqiyatli natija bergan.

Homiladorlikning 37-haftasida shifokorlar ayolga kesarcha kesish usuli bilan farzandini dunyoga keltirishni tavsiya qilgan. Shu tarzda ayol bir o‘g‘il va bir qizning onasi bo‘ldi.

Qayd etilishicha, ona va bolalarning ahvoli yaxshi.

Mavzuga doir: Britaniyadagi eng katta oilaga ega bo‘lgan 45 yoshli ayol 22-farzandini dunyoga keltirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют