» » “Manchester Yunayted”ning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari (video)

“Manchester Yunayted”ning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari (video)


“Daryo” futbol muxlislarining talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib kelmoqda. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida “Manchester Yunayted” klubining 2018/19-yilgi mavsumdagi eng chiroyli gollari taqdim etiladi. Gollar reytingi “Manchester Yunayted” matbuot xizmati talqiniga ko‘ra tuzib chiqilgan.

Chempionlar Ligasi 2018/19-yilgi mavsumi 1-turida ingliz klubi safarda yirik g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Uchrashuvda dublga erishgan Pol Pogba birinchi golni shu tarzda urgandi.

Mata jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda 86-daqiqada hisobni tenglashtirgan, keyinchalik “qizil iblislar” g‘alabani tortib olgandi.

Gollarga boy bo‘lgan bahsning 41-daqiqasida Antoni jamoasining ajoyib kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunlagandi.

Pogbaning zargarona uzatmasidan so‘ng Reshford darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oladi va o‘yindagi yagona golga muallif bo‘ladi.

Markus birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida o‘tkir burchakdan zarba yo‘llab, darvozabonni dog‘da qoldiradi.

Angliya Kubogining 1/16 finalida Lingard Lukakuning uzatmasini golga aylantirgan holda jamoasining ikkinchi goliga muallif bo‘lgandi.

Marsyal birinchi bo‘lim o‘rtalarida londonliklar himoyasini yorib o‘tgan holda chiroyli gol urgandi.

Lyuk Shou chap qanotdan reyd uyushtirgan holda markaz tomon yuradi va to‘pni chiroyli tarzda Romeluga qoldiradi. O‘z navbatida belgiyalik futbolchi mukammal zarba bilan to‘pni darvozaga joylab qo‘yadi.

Mezbonlarning tezkor hujumidan so‘ng Pereyra uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtiradi. Keyinchalik Lukakuning dubli evaziga mankunianliklar uch ochkoni qo‘lga kiritadi.

Mezbonlarning ajoyib kombinatsiyasini ispaniyalik futbolchi gol bilan yakunlaydi. Biroq keyinchalik londonliklar muvozanatni tiklashga erishadi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 1) ( 75) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...