» » Yunusobodda avtobus beton ustunga borib urildi, uch kishi tan jarohati oldi

Yunusobodda avtobus beton ustunga borib urildi, uch kishi tan jarohati oldi


Toshkentning Yunusobod tumanida 21-aprel kuni 7:15 da Isuzu rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ahmad Donish ko‘chasida 37 yoshli haydovchi Elmurod I. boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilgan. Hodisa oqibatida haydovchi va ikki yo‘lovchi — 38 yoshli Ikrom D. va 24 yoshli Azizbek M. tan jarohati olib, tibbiy yordamga murojaat qilgan.

“Hodisa sababi o‘rganilmoqda”, — deyiladi IIBB axborotida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют