» » Joze Mourinyo va Devid Moyes karantin vaqtida uyda o‘tirgani yo‘q. Ular oziq-ovqat yetkazuvchi haydovchiga aylandi

Joze Mourinyo va Devid Moyes karantin vaqtida uyda o‘tirgani yo‘q. Ular oziq-ovqat yetkazuvchi haydovchiga aylandi


“Tottenhem” bosh murabbiyi Joze Mourinyo va “Vest Hem” ustozi Devid Moyes koronavirus pandemiyasi sabab joriy qilingan karantin vaqtida volontyorlik qilmoqda, deya xabar qilmoqda ESPN.

Moyes Lankashirda joylashgan qishloqdagi qariyalarga oziq-ovqat yetkazib beruvchi haydovchi sifatida ishlamoqda.

“Bu qishloqda koronavirus bilan kasallanganlar borligi e’lon qilingan paytda oziq-ovqat do‘konida edim. U yerdagi peshtaxtaga haydovchilar kerakligi yozilgan ekan. Ko‘ngilli sifati yordamlashdim. Sabzavot va mevalar solingan idishlarni olib borar, eshikni taqqillatib, keyin ketardim. Odamlarga yordam berish juda yoqdi”, — deydi Moyes.

Mourinyo esa “Tottenhem” mashg‘ulot bazasidan klub stadioniga oziq-ovqat tashimoqda. Mashg‘ulotlar markazida sabzavot maydonlari va meva bog‘lari mavjud. “Tottenhem” stadioni esa ayni damda inqiroz paytida oziq-ovqatlarni taqsimlash markaziga aylantirilgan.

Buyuk Britaniyada 24-aprel holatiga koronavirusga chalinganlar soni 138 mingdan oshdi. 18,7 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют