» » Ruslan Sharipov: Ijodkor inson ketma-ket omadsizliklarni ko‘tara olmas ekan

Ruslan Sharipov: Ijodkor inson ketma-ket omadsizliklarni ko‘tara olmas ekan


Bundan bir muddat avval ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ruslan Sharipovning ayanchli ahvoldagi suratlari tarqaldi.

Bu suratlar anchadan beri ko‘rinmay qolgan xonandaning muxlislari o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Ruslan Sharipov “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Bizni oldinda nimalar kutayotganini hech qachon bilmaymiz. Bo‘lib o‘tganlarning hammasi men uchun sinov bo‘ldi, deb qabul qilyapman. Faol ijodiy faoliyat yuritayotgan vaqtimda kutilmagan zarbalarni ola boshladim. Bulardan birinchisi, xorijiy telekanallarga noto‘g‘ri ma’lumotlar aytib, intervyu berganlikda ayblandim va televideniye efirlaridan olib tashlandim.

Keyinchalik surishtirish ishlarida ma’lum bo‘ldiki, aslida intervyu bergan inson men bilan ism-familiyasi bir xil jurnalist yigit ekan. Keyingi mish-mishga ko‘ra, men giyohvand moddalar savdosi uchun qamalgan ekanman. Bu tuhmatlarga oydinlik kiritilgunga qadar yana ekranga chiqmadim. Birovlar o‘ylab topgan yolg‘on gaplar qurboniga aylanganim menga qattiq ta’sir qildi.

Ustiga-ustak “Xo‘ja” guruhi bilan birgalikda boshlagan ishlarimiz ham ortga keta boshladi. Qo‘shiq yozib, ijod qilamiz degan orzu-havasda ochgan ovoz yozish studiyasining ishi o‘xshamadi. Xullas, tadbirkorligimiz ayrim sabablarga ko‘ra kasodga uchradi. Ijodkor inson bu kabi ketma-ket omadsizliklarni ko‘tara olmas ekan. Tushkunlikka tushib, ichkilikka bog‘lanib qoldim. Irodamning biroz bo‘shligi sabab qaddimni tik tutolmadim.

Ruslan Sharipov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

Mavzuga doir: Ruslan Sharipov: Hammasiga o‘zim aybdorman

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют