» » Markaziy harbiy okrug harbiylari koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 515 mln so‘m xayriya qildi

Markaziy harbiy okrug harbiylari koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 515 mln so‘m xayriya qildi


Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax, Navoiy va Samarqand garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ixtiyoriy ravishda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun jami 515 million 390 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ni xayriya qildi. Bu haqda “Daryo”ga harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov ma’lum qildi.

Dastlab harbiy xizmatchilar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “Mehr-shafqat va salomatlik” fondi tashkil etilgani, unga tushgan mablag‘lar maqsadli ravishda xavfli kasallik tarqalishining oldini olish va davolash profilaktikasi uchun sarflanishi haqida xabar topgan. Shundan so‘ng okrug qo‘shinlari tarkibidagi bo‘linmalar, harbiy qismlarda, nazorat o‘tish joylarida ko‘ngilli harbiylar tomonidan xayriya qutilari o‘rnatilgan.

Bir hafta ichida xayriya qutisiga kelib tushgan mablag‘lar “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazib berilgan. Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari bu kabi xayrli va savobli ishlarda faollik ko‘rsatishda davom etadi, deyilgan xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют