» » Futbol bo‘yicha Niderlandiya chempionatida mavsum oxiriga yetmay tugatildi. Mamlakatda 75 yil ichida ilk bor chempion bo‘lmaydi

Futbol bo‘yicha Niderlandiya chempionatida mavsum oxiriga yetmay tugatildi. Mamlakatda 75 yil ichida ilk bor chempion bo‘lmaydi


Futbol bo‘yicha Niderlandiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi koronavirus pandemiyasi sabab muddatidan avval yakunlandi.

Unda chempion va musobaqani tark etgan jamoalar bo‘lmaydi. Erediviziyada 1945-yildan keyin ilk bor chempion nomi aniqlanmaydigan bo‘ldi.

Yevropa Chempionlar Ligasida “Ayaks” (pley-off bosqichi) va AZ klublari (ikkinchi saralash bosqichi) qatnashadi. Yervopa Ligasi yo‘llanmasi ushbu jamoalarga taqdim etildi: “Feyenoord” (guruh bosqichi), PSV va “Villem II” (ikkinchi saralash bosqichi).

Koronavirus sabab to‘xtab qolgan Niderlandiya chempionatining 25-turidan keyin 56 ochko to‘plagan “Ayaks” peshqadam bo‘lib turgandi. Xuddi shuncha ochko to‘plagan AZ qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ikkinchi o‘rinni band etgandi.

So‘nggi o‘rinlarda “Den Haag” (19 ochko) va “Valveyk” (15) jamoalari borayotgandi. Ular ikkinchi divizionga tushib ketmaydi. O‘z navbatida ikkinchi divizionda dastlabki ikki o‘rinni egallagan “Kambyur” va  “De Grafsxap” yuqori ligaga chiqmaydi.

Shuningdek, Niderlandiya Kubogi finali doirasidagi “Utreht”—“Feyenoord” uchrashuvi va ayollar chempionati ham bekor qilingan.

Mavzuga doir: UEFA qanday klublar Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining kelasi mavsumiga qo‘yilmasligini ma’lum qildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют