» » O‘zbekistondagi diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari Qoraqalpog‘istonga keldi

O‘zbekistondagi diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari Qoraqalpog‘istonga keldi


O‘zbekistondagi diplomatik korpus va akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar vakillari Qoraqalpog‘istonga keldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Tanishuv safari BMTning “Orolbo?yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo?yicha ko?psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojiasidan zarar ko?rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qo‘shma dasturi tashabbusi bilan tashkil etildi.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner safardan ko‘zda tutilgan maqsad amaldagi va ehtimoliy sheriklarga mahalliy aholi hayotini izga solishga qanday hissa qo‘shishlari mumkinligini ko‘rsatishdan iborat ekanligini ta’kidladi. Cafida Kuvayt elchisi, Rossiya elchixonasi vakillari hamda TIKA (Turkiya) va KOICA (Janubiy Koreya) tashkilotlari vakillari bo‘lgan mehmonlar mazkur global miqyosdagi muammo yechimini izlashga qiziqish bildirdi. 

“Barcha odamlar bu yerga kelishi, zanglab yotgan, halokatga yuz tutgan kemalarni ko‘rishi kerak deb o‘ylayman. Bu ular uchun inson tabiat zaxiralaridan o‘ylamay foydalanishi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida o‘ziga xos eslatma bo‘lib xizmat qiladi”, — dedi Stefan Prisner. 

Safar ishtirokchilari BMT Qo‘shma dasturi birinchi bosqichi doirasida qo‘llab-quvvatlangan korxona va ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют