» » KXDRda Kim Chen Inning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar fonida uning nomidan bayonot e’lon qilindi

KXDRda Kim Chen Inning o‘limi to‘g‘risidagi xabarlar fonida uning nomidan bayonot e’lon qilindi


KXDR markaziy gazetasi Rodong Sinmun, shuningdek, mamlakat markaziy radiosi Kim Chen In nomidan bayonot yo‘lladi. U o‘z bayonotida Samchjiyon shahrida so‘nggi yillarda olib borilayotgan qurilish ishlarida mehnat qilayotgan ishchilarga minnatdorchilik bildirgan. Bu haqda Yonhap agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Bayonot qachon berilgani va hozirda Kim Chen In qayerda ekanligiga oydinlik kiritilmagan.

Koreya markaziy telegraf agentligi bugun, 26-aprel kuni, KXDR yetakchisining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot bermagan. Agentlik faqatgina 2019-yilning aprelida Vladivostokda Rossiya va KXDR o‘rtasida o‘tkazilgan sammitga bir yil to‘lishi munosabati bilan Rossiya Kommunistik partiyasi yetakchisi Gennadiy Zyuganov tomonidan yuborilgan tabrik telegrammasini e’lon qilgan.

Jahon ommaviy axborot vositalari KXDR yetakchisi vafot etgani yoki og‘ir ahvolda yotgani haqida ma’lum qilmoqda. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Chen In muvaffaqiyatsiz kechgan operatsiyadan so‘ng komaga tushgan yoki vafot etgan. Xitoy, AQSh va Rossiya Shimoliy Koreya yetakchisining vafot etgan to‘g‘risidagi xabarlarni rad etmoqda.

Avvalroq CNN telekanali Kim Chen Inning sog‘lig‘i operatsiyadan so‘ng yomonlashgani ma’lum qilingandi. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda ma’lumotlarga ega emasligini va CNN’ga doim ham ishonavermasligini bildirgan.

Mavzuga doir: Xitoy hukumati Kim Chen Inning sog‘lig‘i sabab KXDRga shifokorlar yuborgani ma’lum qilindi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyada 2019-yildan buyon hokimiyatni topshirish uchun favqulodda reja tayyorlanmoqda. Mamlakat tepasiga amaldagi rahbar Kim Chen Inning o‘rniga uning singlisi Kim Yo Chjon kelishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют