» » O‘zbekistonda yana 22 kishi koronavirusdan tuzaldi. Jizzaxda kasallangan bemorlar qolmadi

O‘zbekistonda yana 22 kishi koronavirusdan tuzaldi. Jizzaxda kasallangan bemorlar qolmadi


O‘zbekistonda 27-aprel kuni yana 22 kishi koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Namangan viloyatida 4 nafar bemor tuzalgan. Sog‘ayganlarning 1 nafari erkak, 3 nafari ayol barchasi ushbu viloyatdan. Ularning barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichiga 31 yoshda.

Jizzax viloyatida esa 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butkul sog‘aydi. Ular 33 yoshli va 31 yoshli jizzaxlik (erkak) bemorlar bo‘lib, kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib yuqtirib olgan. Qayd etilishicha, ulardan so‘ng kasalxona koronavirusga chalingan birorta bemor qolmagan.

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 14 nafar, Epidemiologiya mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 2 nafar bemor butkul sog‘aygan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Andijon viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ulardan 9 nafari Turkiyadan Istambul–Toshkent yo‘nalishida, 3 nafari Rossiyadan Moskva–Toshkent yo‘nalishida, 1 nafari esa Seul–Toshkent yo‘nalishida charter reyslar orqali kelishgan va karantinga olingan.

Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 1 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 8 nafari erkak, 6 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 63 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 12 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayib chiqqan 53 yoshli va 38 yoshli bemorlar (ayol) Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan.

Shunday qilib, 27-aprel soat 15:12 holatiga ko‘ra, Respublika bo‘ylab koronavirusdan butkul sog‘ayganlar 826 nafarga yetdi. Virus aniqlangandan buyon qayd etilgan jami kasallanish holatlari esa 27-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra 1887 tani tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют