» » Peskov Putin koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan navbatdagi murojaatni yo‘llashi haqidagi xabarlarni inkor etmadi

Peskov Putin koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan navbatdagi murojaatni yo‘llashi haqidagi xabarlarni inkor etmadi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi haftada mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan yangi bayonot bilan OAVda chiqish qilishi mumkin. Bu haqda “Rossiya 1” telekanalidagi “Moskva. Kreml. Putin” ko‘rsatuvida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RBK”.

“Menimcha kelayotgan haftada (27-aprel — 3-may) davlat rahbari mamlakatdagi vaziyat yuzasidan yangi bayonot bilan chiqish qiladi”, — degan Peskov.

Uning qo‘shimcha qilishicha koronavirus sabab Rossiyada joriy etilgan karantin cheklovlaridan chiqish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va ushbu jarayon tartibi hali ishlab chiqilmagan.

24-aprelda Peskov ishlanmaydigan kunlarning uzaytirilishi haqida gapirishdan avval ularning joriy davri yakunlanishini kutish lozimligini aytgandi. Shuningdek, Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko karantin taqiqlari qachon bekor qilishi borasida aniq fikr bildirish qiyinligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: 

Taxminlarga ko‘ra, Rossiya hukumati “o‘zini yakkalash” tartibini may oyidagi bayramlar o‘tadigan davrlargacha uzaytiradi, bayramlardan avvalgi va keyingi kunlar ham ishlanmaydigan kunlarga aylanadi. Ushbu cheklov orqali kasallikning ikkinchi to‘lqini jiddiy bo‘lmasligini ta’minlash mumkin. Yana bir taxminga ko‘ra, karantin may oyi o‘rtalarigacha yoki ko‘pi bilan iyun boshiga qadar uzaytirilishi kutilmoqda. Keyinchalik Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ham karantinning maydagi bayramlar o‘tgunicha uzaytirilishi haqida gapirgan.

Rossiya bosh sanitar vrachi Anna Popovaning ta’kidlashicha mamlakatda hali ham COVID-19 yuqtirib olish holatlari bo‘yicha xavf darajasi yuqori, shu sababli “o‘zni yakkalash” tartibi yana ikki haftaga uzaytiriladi.

Mavzuga doir: 

Vladimir Putin 2-aprel kuni koronavirus sababli Rossiyada ishlanmaydigan kunlarni 30-aprelgacha uzaytirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют