» » Rossiyalik uchuvchi Pentagon e’lon qilgan noma’lum uchar jismlar haqidagi videoni tahlil qildi

Rossiyalik uchuvchi Pentagon e’lon qilgan noma’lum uchar jismlar haqidagi videoni tahlil qildi


Rossiyada xizmat ko‘rsatgan uchuvchi Vladimir Popov noma’lum uchar jismlar odatda sifatsiz bo‘lishi, uchuvchilar esa real hayotda hammasini boshqacha ko‘rishini qayd etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

Uchuvchi Pentagon e’lon qilgan va go‘yoki noma’lum uchar jismlar parvozi tasvirlangan uchta videoni sharhladi. Video harbiy samolyotlar ekipajlari tomonidan 2004 va 2015-yillarda tasvirga olingan.

“Uchuvchilik faoliyatim davomida bir necha marta g‘ayrioddiy hodisalar guvohi bo‘lganman. 25 yil avval men va ekipaj a’zolari Polsha bilan chegaradan uncha uzoq bo‘lmagan Lvov yaqinidagi hududda noma’lum uchar obyektning parvozini kuzatganmiz. Hanuzgacha buning nima ekanini tasavvurimga sig‘dira olmayman. Tungi parvozimiz vaqti og‘ir ob-havo sharoitlariga to‘g‘ri keldi, bulutlar orasida esa shahar chiroqlariga o‘xshash yorug‘lik ko‘rindi. Hisobotimizdan keyin sarosima ko‘tarilmasligi uchun ushbu ma’lumotni oshkor etmaslik haqida tilxat yozib berganmiz, ehtimol, biz buning nima ekanini aniqlay olmagandirmiz. Hozir oradan chorak asr vaqt o‘tib, bu haqda ilk bor gapiryapman”, — degan Popov.

General videodagi noma’lum uchar jismlar atmosferaga oidligi, radiolokatsion hosilalar yoki optik ro‘yo bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Shuningdek, buning yangi texnika sinovi bo‘lishi mumkinligi, uchuvchilar esa ushbu test vaqtida boshqa hududga tushib qolganining ehtimoli mavjudligini ham inkor etmadi.

“Yozuvda sodir bo‘layotgan hodisalar tiniq emas, noma’lum uchar jismni ko‘rgan amerikalik uchuvchilar buni boshqacharoq nigohda kuzatgan bo‘lishi mumkin. Qurilmalar har doim biz ko‘zimiz bilan ko‘rgan axborotning ma’lum qismini tushirib qoldiradi. Ma’lumotlar asosida hodisani qayta jonlantirishda yo‘qotishlar katta bo‘ladi. Odam miyasining yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, tushunarsiz narsani ko‘rganda voqeani qayta tiklashda tasavvur ishga tushadi”, — degan general.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют