» » O‘zbekiston banklarida dollar kursi tushishni boshladi

O‘zbekiston banklarida dollar kursi tushishni boshladi


O‘zbekistondagi bir necha banklar 29-aprel kuni dollar kursini pasaytirdi, deb xabar bermoqda Spot. Aksariyat banklar 1 AQSh dollarini 10 050 so‘mdan sotib olib, 10 150 so‘mdan sotmoqda. O‘tgan haftada bu qiymat qator banklarda 10 150 va 10 200 so‘m bo‘lgan edi.

Banklarda AQSh valyutasi Markaziy bank dollar kursining mart oyidan beri birinchi marta pasayganini e’lon qilgani fonida arzonlashmoqda. Bu kurs esa o‘z navbatida O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar asosida belgilanadi. U yerda dollar kursi 10 131 so‘mgacha tushdi.

Eslatib o‘tamiz, 14-aprel oqshomida O‘zbekiston tijorat banklari dollar kursini sezilarli oshirib, AQSh valyutasini 10 ming so‘mdan yuqori qiymatda sotish va sotib olishni boshlagan edi. Xuddi shu kuni Markaziy bank asosiy stavka (qayta moliyalash stavkasi)ni 16 foizdan 15 foizga tushirish haqida qaror qabul qilgan edi.

Bungacha Markaziy bank 13-aprel kuni bayonot berib, aprel oyi boshidan so‘mning keskin qadrsizlanishiga eksport tushumlari va pul o‘tkazmalari hajmi qisqargani, shuningdek, Rossiya rubli va Qozog‘iston tengesi qadrsizlanganini asosiy sabab sifatida keltirgan edi.

Shu bilan birga chet el valyutasini sotib olish yoki sotish bo‘yicha hech qanday cheklov yoki to‘siqlar o‘rnatilmaganini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют