» » Hunarmandlar va avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi subyektlar qay tartibda ishga qatnaydi? IIV izoh berdi

Hunarmandlar va avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi subyektlar qay tartibda ishga qatnaydi? IIV izoh berdi


AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov hunarmandchilik va savdo sohasida faoliyat yurituvchi shaxslarning ishga borib kelish masalasiga aniqlik kiritib o‘tdi.

Jumladan, G‘iyosov dastlab hunarmandlarning ustaxonaga borish masalasiga to‘xtaldi.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, hunarmand va ustalarga, ular tomonidan yasalgan buyumlarni bozor rastalaridan tashqari alohida joylashgan joyda (do‘konda) sotish faoliyatiga ruxsat berilgani aytildi.

Mavzuga doir: Toshkentda maxsus stikerlarni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi 

Biroq bunda shaxslar hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida hududiy hokimlikga murojaat qilib, batafsil ma’lumotlarni (ustaxona joylashgan manzil, shaxsiy transport vositasi va boshqalarni) ko‘rsatishi lozim. Hududiy hokimlik murojaatni o‘rganib chiqib, tegishli ruxsatnoma berganidan so‘ng shaxsiy transportdan foydalanish mumkinligi bildirildi.

Shuningdek, avtomobil ehtiyot qismlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga ishlarini davom ettirishga ruxsat berilgani qayd etildi. Ular ham mazkur faoliyatni boshlashi uchun hududiy hokimlikga murojaat qilishi, murojaat o‘rganib chiqilib, ruxsatnoma berganidan so‘ng shaxsiy transportdan foydalanishi mumkinligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bir qator sohalarga karantin talablari asosida faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etilgan edi. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan topshiriq bergan edi. Prezident tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshlagani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют