» » Stikersiz harakatlanishi mumkin bo‘lgan avtotransport haydovchilarining qanday hujjatlari bo‘lishi lozimligi aytildi

Stikersiz harakatlanishi mumkin bo‘lgan avtotransport haydovchilarining qanday hujjatlari bo‘lishi lozimligi aytildi


“Daryo” muxbirining xabar berishicha, AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov maxsus stikersiz harakatlanishi mumkin bo‘lgan avtotransport vositalariga taalluqli ayrim jihatlar haqida gapirib o‘tdi.

Ma’lumki, uyda o‘tirgan fuqarolarning kasalxonaga borishi zarur bo‘lsa, tez yordam mashinasini chaqirtirish tavsiya etilgan edi.

“Bu holatni qat’iy tartibga solish imkoni bo‘lmaganligi uchun fuqaroning yonida kasalxonaga borish zarurati tug‘ilgan biror-bir hujjat bo‘lishi kerak. Agar haqiqatan hayotga xavf tug‘diradigan holat bo‘lsa, xizmat olib borayotgan xodimlar ham fuqaroga yordam beradi”, — deydi Shohrux G‘iyosov.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilar (bunga shaxsiy avtotransport ham kiradi) o‘zlarining ro‘yxatdan o‘tgan ma’muriy hududi doirasida va yo‘lovchilarsiz faqat yetkazib berish xizmatini ko‘rsatish maqsadida harakatlanishi mumkinligi aytilgan.  Bu toifadagi haydovchilar o‘zlari bilan yo‘lovchi tashish huquqi bo‘lgan litsenziyasini hamda kuryerlik xizmatidan ishga jalb etilganligi haqida ma’lumotnoma olib yurishlari shartligi belgilangan. O‘ta zarur holatda, ya’ni inson hayotiga xavf tug‘diradigan holatlarda va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiyot muolajalarini olayotgan bemor yo‘lovchilarni tashish mumkin.

Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va maxsus avtotransport vositalarida haydovchi va passajir o‘zi bilan mehnat daftarchasi nusxasi va aynan karantin davrida ishga jalb etilganligi haqida tashkilotdan biror-bir hujjat olib yurishi kerakligi ta’kidlandi.

Vazirlik, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari xizmat avtotransport vositalari haydovchilari, ko‘plab suiiste’molchilikka yo‘l qo‘yayotganligi kuzatilmoqda. Shuning uchun ushbu transport haydovchilariga faqat ish vaqtida xizmat zarurati bilan harakatlanishga ruxsat etiladi,” — deydi matbuot kotibi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari har bir avtotransportni vizual ko‘zdan kechirib, avtotransport yo‘nalishi va aniq manzili yuzasidan tushuntirishlar so‘rashi mumkinligi ma’lum qilindi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют