» » Xonadonga kirib qolgan kamyob olao‘zan Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi

Xonadonga kirib qolgan kamyob olao‘zan Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi


Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi xonadonlarning biriga kirib qolgan kamyob olako‘zan Termiz hayvonot bog‘iga topshirildi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga joriy yilning 27-aprel kuni Termiz tumani “Qahramon” mahallasi raisi telefon qilib, mahalladagi xonodonlardan biriga antiqa hayvon kirib qolganligini xabar qilgan.

Termiz tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan ushbu noyob hayvon Qizil kitobga kiritilgan olako‘zan ekanligini aniqlangan. Inspeksiya tomonidan olako‘zan Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Termiz hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Ma’lumot uchun

Оlako‘zan zaif, qisqarib borayotgan; keng, lekin sporadik tarqalgan tabiatan kam sonli tur hisoblanadi. Qizilqum cho‘li, Ustyurt yassi tekisligi, Mirzacho‘l va Qarshi cho‘li, G‘arbiy Tyan-shan va Pomir-Oloy tog‘ tizmalarining tog‘ yonbag‘irlari va yuqori kamarlari, Surxondaryoning quyi qismida keng tarqalgan.

Qishloq xo‘jaligi maqsadida yerlarning jadal o‘zlashtirilishi oqibatida tur soni keskin kamaygan. Mirzacho‘l, Qarshi cho‘lining katta qismi va Turkiston tog‘ining yonbag‘irlarida ushbu tur jonivorlar yo‘qolib ketgan. O‘zbekistondagi taxminan 5 mingta atrofida saqlanib qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют