» » Rossiyada bir sutkada 5841 kishida koronavirus aniqlanib, 100 dan ortiq bemor vafot etdi

Rossiyada bir sutkada 5841 kishida koronavirus aniqlanib, 100 dan ortiq bemor vafot etdi


Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirusdan 108 kishi vafot etdi, deb xabar bermoqda “RBK” Kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabga tayanib. Bu epidemiya boshlanganidan buyon qurbonlar soni bo‘yicha yangi kunlik rekorddir.

Ma’lum qilinishicha, Rossiyada koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 972 kishiga yetgan. Bir kunlik o‘limlar soni bo‘yicha avvalgi rekord 28-aprelda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 72 kishi vafot etgandi. Koronavirus qurbonlari soni 27-aprel kuni 50 tani, 26-aprel kuni 66 tani, 25-aprel kuni ham 66 tani tashkil etgan.

Xabarda aytilishicha, bir sutkada Rossiyaning 83 ta hududida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 5 841 ta yangi holat qayd etilgan, 1 110 kishi tuzalgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalingan bemorlarning umumiy soni 99 399 kishidan oshgan, 10 286 kishi tuzalgan.

Avvalroq Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketgani xabar berilgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi haftada mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan yangi bayonot bilan OAVda chiqish qilishi mumkin.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 127) ( 0) ( 126) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют