» » Jahon futbolidagi eng yaxshi yosh o‘yinchilar reytingi e’lon qilindi

Jahon futbolidagi eng yaxshi yosh o‘yinchilar reytingi e’lon qilindi


ESPN nashri 21 yoshdan katta bo‘lmagan eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘ringa PSJ klubi va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe loyiq ko‘rilgan. Angliyalik futbolchilar Jeydon Sancho (“Borussiya D”) va Trent-Aleksander Arnold (“Liverpul”) kuchli uchlikdan o‘rin olgan.

Ta’kidlanishicha, 36 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatni shakllantirishda asosan ikkita jihatga e’tibor qaratilgan: yuqori saviyada harakat qilish va ma’lum vaqt davomida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish.

ESPN talqiniga ko‘ra eng yaxshi yosh futbolchilar o‘nligi bilan tanishing:

10. Joau Feliks (“Atletiko”/Portugaliya);

9. Federiko Valverde (“Real”/Urugvay);

8. Erling Holand (“Borussiya D”/Norvegiya);

7. Janluiji Donnarumma (“Milan”/Italiya);

6. Matteys de Ligt (“Yuventus”/Niderlandiya);

5. Kay Haverts (“Bayer”/Germaniya);

4. Vinisius Junior (“Real”/Braziliya);

3. Trent-Aleksander Arnold (“Liverpul”/Angliya);

2. Jeydon Sancho (“Borussiya”/Angliya);

1. Kilian Mbappe (PSJ/Fransiya).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют