» » Hasanboy hujumda, Bektemir himoyada, Murodjon esa darvozada. Bahodir Jalolovning bokschilardan iborat futbol bo‘yicha ramziy terma jamoasi (foto)

Hasanboy hujumda, Bektemir himoyada, Murodjon esa darvozada. Bahodir Jalolovning bokschilardan iborat futbol bo‘yicha ramziy terma jamoasi (foto)


Butun dunyoda deyarli barcha sport musobaqalari to‘xtatilgan. Futbol ham, boks ham. Boshqa sportchilar kabi o‘zbekistonlik sportchilar ham ayni damda o‘z oilasi davrasida karantinni o‘tkazmoqda.

Boks bo‘yicha Jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Bahodir Jalolov yoshligida futbol bilan shug‘ullangan. U “Daryo” muxbiri bilan suhbatda o‘zining bir nechta orzular terma jamoasini ma’lum qildi.

Bahodir Jalolovning o‘zbekistonlik bokschilardan tuzilgan ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Murodjon Ahmadaliyev;

Himoyachilar: Elnur Abduraimov, Mahmud G‘oipov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Aliyor Noraliyev;

Yarim himoyachilar: Shahobiddin Zoirov, Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Fazliddin G‘oibnazarov;

Hujumchilar: Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘stmatov.

Bahodir Jalolovning dunyo futboli yulduzlaridan tuzilgan ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Janluiji Buffon;

Himoyachilar: Markos Kafu, Xerard Pike, Samyuel Yumtiti , Serxio Ramos, Roberto Karlos;

Yarim himoyachilar: Andres Inyesta, Zinedin Zidan;

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Tyerri Anri, Ronaldinyo.

Bahodir Jalolovning o‘zbekistonlik futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoasi:

Darvozabon: Ignatiy Nesterov;

Himoyachilar: Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Rustam Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov;

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Temur Kapadze;

Hujumchilar: Eldor Shomurodov, Maksim Shatskix, Anvar Soliyev.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют