» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda karantin cheklovlarini yengillashtirish bo‘yicha dastlabki choralarni ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda karantin cheklovlarini yengillashtirish bo‘yicha dastlabki choralarni ma’lum qildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-aprel, chorshanba kuni, pandemiya davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari respublikada sanitar-epidemiologik vaziyat asta-sekin barqarorlashib borayotganini hisobga olib, mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda karantindan bosqichma-bosqich chiqish bo‘yicha navbatdagi qadamlarni qo‘yish vaqti kelganini ma’lum qildi.

Birinchidan, sanitariya-epidemiologiya holatining ijobiy dinamikasi, ob-havo sharoiti va fuqarolarning ko‘plab murojaatlarini inobatga olgan holda shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarning ichki hovli va hududlarida ota-onalar hamrohligida bolalarini sayr qildirishga ruxsat beriladi. Bunda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish talab etiladi.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya ushbu topshiriqning ijrosini so‘zsiz ta’minlash chorasini ko‘radi. Toshkent shahri bu borada namuna bo‘lishi kerakligi qayd etildi.

Ikkinchidan, pishib yetilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nobud bo‘lishining oldini olish maqsadida aholi talablaridan kelib chiqib, fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va ko‘kat mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish uchun viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Bosh prokuror boshchiligidagi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash komissiyasiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini joylarga yetkazib berish bo‘yicha 24 soat ishlaydigan uzluksiz tizim tashkil etish topshiriladi.

Ichki ishlar vazirligi dehqon va fermer xo‘jaliklarining avtotransport vositalarini hududlararo postlarda kutib olish, ularni tashkil etilgan yarmarkalar va savdo nuqtalariga tartib bilan kuzatib borishni ta’minlaydi.

Davlat soliq qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi sotish uchun olib kelinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini joylarda aholi talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda savdo maydonchalari, yarmarka va bozorlarga yo‘naltirib boradi.

Uchinchidan, aholi orasida kasallikka chalinish dinamikasi pasayib borayotganini inobatga olib, fuqarolar tomonidan shaxsiy avtotransportdan foydalanishga cheklovlar ham sekin-asta yumshatib boriladi.

Respublika komissiyasi tegishli cheklovlar o‘rnatilgan hududlarda aholi tomonidan ertalab soat 07:00 dan 10:00 gacha hamda kechqurun 17:00 dan 20:00 gacha shaxsiy avtomashinalardan foydalanishga ruxsat berilishini ta’minlaydi.

Bunda:

Mavzuga doir: O‘zbekistonliklarga muayyan vaqtlarda shaxsiy avtomobillarida harakatlanishga ruxsat berildi

Shu bilan birga, olimlarga, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlariga, professor-o‘qituvchilarga sanitariya-gigiyena normalarini ta’minlagan holda o‘z laboratoriya va kafedralarida kundalik ishlarini davom ettirishlariga ijozat beriladi.

Prezidentning ma’lum qilishicha, vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan, 10-maydan keyin karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishla yanada dadilroq davom ettiriladi.

“Lekin takror va takror aytaman: hamma joyda sanitariya talablariga amal qilishga birinchi darajali masala deb qarashimiz kerak.

Mamlakatimizda pandemiyaga qarshi kurash borasida o‘tgan vaqt mobaynida muhim tajriba orttirildi. Endi undan yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish hamda tibbiy madaniyatni oshirish yo‘lida samarali foydalanishimiz zarur.

Ta’kidlab aytaman, agar bu talablarga barchamiz qat’iy amal qilmasak, sanitariya-karantin normalariga ahamiyat bermasak, shuncha qilgan ishlarimiz, ko‘rgan chora-tadbirlarimiz zoye ketishi hech gap emas.

Eng asosiysi, har birimizning sog‘lig‘imiz o‘zimizga va ayni vaqtda butun xalqimizning sog‘lig‘i har birimizga, bizning ong-u tafakkurimiz, tartib-intizom va sabr-bardoshimizga bog‘liq ekanini barchamiz hech qachon unutmasligimiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют