» » O‘zbekistonda yuz bergan kuchli shamol sababli ishdan chiqqan elektr tarmoqlarining ishi qayta tiklanmoqda

O‘zbekistonda yuz bergan kuchli shamol sababli ishdan chiqqan elektr tarmoqlarining ishi qayta tiklanmoqda


O‘zbekiston hududi bo‘ylab 27—28-aprel kunlari yuz bergan kuchli shamol natijasida ishdan chiqqan elektr tarmoqlarining ishi qayta tiklanmoqda. Ayni paytda iste’molchilarning yirik qismi bosqichma-bosqich tarmoqqa ulanib, tabiiy ofat talafotlari bartaraf etilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tabiiy ofat natijasida Buxoro viloyatida 500/220/10 kilovattli “Qorako‘l” podstansiyasi, bitta 500 kilovoltli va sakkizta 220 kilovoltli havo tarmoqlari avariyaviy holatda o‘chgan. Natijada Buxoro viloyati hududiga qarashli quvvati 150 megavatt bo‘lgan nasos agregatlari, “Qandim gazni qayta ishlash zavodi” tarmoqdan uzilgan.

Olib borilgan tezkor ishlar natijasida 220 kilovoltli “Buxoro” havo tarmog‘i orqali “Qandim” podstansiyasiga kuchlanish berilgan va “Qandim gazni qayta ishlash zavodi”ning elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.

Shuningdek, tabiiy ofat natijasida 220 kilovoltli “Buxoro” tarmog‘ining beshta, “Hamza-1” va “Hamza-2” havo tarmoqlarining to‘qqizta tayanch ustuni shikastlangan.

Qayd etilishicha, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi boshchiligidagi tezkor shtab tomonidan yetkazilagan talafotlar bartaraf etilmoqda. “Hamza-1” , “Hamza-2” va “Hamza-3” podstansiyalariga quvvat berilishi ustida ish olib borilmoqda.

Jizzax viloyatida joylashgan yuqori kuchlanishli havo liniyalariga jiddiy zarar yetmagan bo‘lsa-da, ayrim tayanch ustunlari o‘zining tik holati va mustahkamligini yo‘qotgan.

“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari 220 kilovolt kuchlanishli “20-D” havo liniyasining 384-raqamli tayanch ustunida yuzaga kelgan tik holatdan og‘ishni bartaraf etib, xavfsizlik nuqtayi nazaridan vaqtincha iste’moldan uzilgan elektr uzatish tarmog‘i faoliyatini to‘liq tikladi va iste’molchilar tarmoqqa qayta ulandi.

Tabiiy ofat natijasida Samarqand viloyatidagi yuqori kuchlanishli havo tarmog‘ining bitta tayanch ustuni shikastlangan. Ushbu tayanch ustunining o‘rniga yangi konstruksiya montaj qilindi va 228-raqamli tayanch ustuni yangilanganidan so‘ng elektr tarmog‘iga kuchlanish berildi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli havo tarmoqlarini tiklash, ya’ni zarar yetgan tayanch ustunlarini ta’mirlash hamda yangilash uchun kecha-kunduz ish olib boradigan bir nechta brigada safarbar etilgan. Tezkor shtabda tuzilgan ish rejasiga muvofiq, iste’molchilarni tarmoqqa ulash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati kuchli shamoldan so‘ng elektr ta’minotida eng katta talafot ko‘rgan hudud bo‘ldi. Buxoroda 27-aprel shamolidan so‘ng Qorako‘l va Olot tumanlari bilan aloqa uzilib qoldi. Aynan elektr simlarining uzilib tushishi bir kishining umriga zomin bo‘ldi. Bundan tashqari, kuchli shamoldan so‘ng Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam 140 ming xonadon gazsiz qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют