» » Namanganda fuqaro karantin davrida 40 mln so‘m aliment pulini to‘ladi

Namanganda fuqaro karantin davrida 40 mln so‘m aliment pulini to‘ladi


Namangan viloyati Chortoq tumanida fuqaro karantin davriga qaramay farzandi uchun 40 million so‘m miqdoridagi aliment pulini to‘liq to‘lab berdi. Bu haqda MIBning Namangan viloyati boshqarmasi xabar qilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.

Majburiy ijro byurosining Chortoq tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining qaroriga asosan A.U.dan undiruvchi Z.J. foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment to‘lash belgilangan.

Davlat ijrochisining olib borgan tushuntirishlari bois ota aliment mablag‘ini farzandi voyaga yetgunga qadar amalga oshiradigan bo‘ldi va bir yo‘la 40 million so‘mni to‘lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi, deyilgan xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют