» » Koronavirus sabab smartfonlar bozori 2013-yilgi darajaga tushib ketishi mumkin

Koronavirus sabab smartfonlar bozori 2013-yilgi darajaga tushib ketishi mumkin


Koronavirus pandemiyasi smartfonlar bozoriga jiddiy zarar yetkazmoqda va prognozlar 2020-yil oxiriga qadar 1,15 milliard smartfon sotilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi IXBT.

DigTimes tahlilchilarining ta’kidlashicha, 2020-yil yakunlariga ko‘ra, smartfonlar yetkazib berish hajmi 15 foizga qisqarib, 1,15 milliardga yetadi. Bu taxminan 2013-yildagi darajaga teng demak. 2014-yilda smartfonlar savdosi sezilarli darajada oshmagan va oradan olti yil o‘tgan bo‘lsa-da, bozorda o‘zgarish u qadar katta emas.

Smartfonlar savdosi deyarli barcha ishlab chiqaruvchilarga zarar yetkazadi, biroq hozircha kim ko‘proq zarar ko‘rishi ma’lum emas. Masalan, Samsung hozirda smartfon detallari xaridi hajmini ikki barobarga qisqartirdi, Apple esa chorak oxiriga qadar daromad sezilarli darajada tushib ketishini prognoz qilmoqda. Shuningdek, kompaniya iPhone 11 uchun ikkinchi va uchinchi choraklarga buyurtmalarni qisqartirgan.

Mavzuga doir: Honor kompaniyasi yangi smartfoni sotuvga chiqqanidan 1 daqiqa o‘tib, 42 mln dollar ishlab oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют