» » Amerika gazetasi ikkita bir xil suratni chop etib, 10 ta farqni topishni so‘radi. Keyinroq buning uchun kechirim so‘radi

Amerika gazetasi ikkita bir xil suratni chop etib, 10 ta farqni topishni so‘radi. Keyinroq buning uchun kechirim so‘radi


Amerikada chop etiladigan The Baltimore Sun gazetasida “Farqni toping” rukni mavjud, deb yozadi Meduza.

Ushbu o‘yinda mushtariylar deyarli ikkita bir xil suratlar o‘rtasidagi farqlarni topishi kerak bo‘ladi. Topshiriq oson emas, lekin gazetaning 26-aprelda sotuvga chiqarilgan sonida u yanada qiyinlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, gazeta ikkita bir xil suratni chop etib, mushtariylardan 10 ta farqni topishni so‘ragan.

Keyinroq gazeta tahririyati xatosini tan olgan va kechirim so‘ragan.

Twitter foydalanuvchisi VirginiaLByrne “Har ehtimolga qarshi: mana bu surat qanday chop etilishi kerak edi”, — deya izoh qoldiradi.

Mavzuga doir: Amerikalik erkak koronavirus tarqalishini kamaytirish uchun plyajlarga o‘lim kiyimida kelishga qaror qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют