» » Reuters: Tramp OPEK+ kelishuviga erishish uchun Saudiya Arabistoniga tahdid qilgan

Reuters: Tramp OPEK+ kelishuviga erishish uchun Saudiya Arabistoniga tahdid qilgan


AQSh prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon as-Saud bilan suhbatda neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha OPEK+ bitimi kelishilmasa, Vashington qo‘shinlarni olib chiqib ketishga majbur bo‘lishini aytgan, deb xabar bermoqda Reuters o‘z manbalariga tayanib.

Qayd etilishicha, muzokara tomonlar kelishuvga erishishidan 10 kun avval bo‘lib o‘tgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bundan hayron qolgan valiahd o‘z yordamchilaridan xonadan chiqib turishni so‘ragan, suhbatni ularsiz davom ettirgan.

Tramp, agar bitimga erishilmasa, Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketishi mumkin bo‘lgan Kongressga to‘sqinlik qilolmasligini aytgan. Mart oyida parlamentga shunday taklif kiritilgan qonun loyihasi taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, OPEK+ neft ishlab chiqarish hajmini qisqartirish bo‘yicha davlatlar kelishuvi rasman 12-aprelda imzolangandi. Kartel vakillari “qora oltin” ishlab chiqarish hajmini kuniga 9,7 million barrelgacha qisqartirishga rozi bo‘lgan. AQSh, Braziliya va Kanada neft ishlab chiqarishni qo‘shimchasiga yana 3,7 million barrelga qisqartiradi.

Mavzuga doir: AQSh neft inqirozining asosiy aybdori deb topildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют