» » Statqo‘m “palov indeksi”ni e’lon qildi: Toshkent, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Andijonda aprelda osh qimmatladi

Statqo‘m “palov indeksi”ni e’lon qildi: Toshkent, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Andijonda aprelda osh qimmatladi


Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning markaziy hududlaridagi osh markazlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning 2020-yil aprel oyi uchun o‘rtacha narxlarini shakllantirdi.

Kuzatuvlarga ko‘ra, aprel oyida Toshkent shahrida 1 porsiya palov narxi 17 750 so‘m (mart oyiga nisbatan 1 750 so‘mga qimmat), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 333 so‘m (+166), Andijon viloyatida 14 800 so‘m (+400 so‘m) va Qashqadaryo viloyatida 16 250 so‘mni (+250 so‘m) tashkil etgan.

Qolgan hududlarda 1 porsiya palov narxi o‘zgarishsiz qolgan: Buxoroda 16 ming so‘m, Jizzaxda 15 ming so‘m, Navoiyda 13 ming so‘m, Namanganda 11 571 so‘m, Samarqandda 16 667 so‘m, Surxondaryoda 11 800 so‘m, Toshkent viloyatida 13 667 so‘m, Farg‘onada 15 250 so‘m, Sirdaryo va Xorazmda 14 ming so‘mdan.

Shundan kelib chiqib, aprel oyida Toshkent shahrida bir kilo (yetti porsiya) osh 124 250 so‘m, Qoraqalpog‘istonda 86 331 so‘m, Andijonda 103,6 ming so‘m, buxoroda 112 ming so‘m, Jizzaxda 105 ming so‘m, Qashqadaryoda 113 750 so‘m, Navoiyda 91 ming so‘m, Samarqandda 116 669 so‘m, Surxondaryoda 82,6 ming so‘m, Sirdaryo va Xorazmda 98 ming so‘m, Toshkent viloyatida 95 669 so‘m, Farg‘ona viloyatida 106 750 so‘mni tashkil etmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasining alohida qayd etishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.

“Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari) dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan”, — deyiladi qo‘mita axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют