» » Turkiya O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga tibbiy himoya anjomlari to‘plamini taqdim etdi

Turkiya O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga tibbiy himoya anjomlari to‘plamini taqdim etdi


Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) koronavirusga qarshi kurash doirasida O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga tibbiy himoya anjomlarini taqdim etdi. Bu haqda “Daryo”ga Turkiya elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Turkiya elchisi Mehmet Sureyya Er va TIKA Toshkent dasturi koordinatori Jamalettin Tuney ishtirok etgan xayriya tadbirida O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasiga, TIKA tomonidan yetkazib berilgan 5 mingta himoya kiyimlari, tibbiy niqoblar, yuz himoya vositalari, qo‘lqoplar va ko‘zoynaklardan iborat tibbiy anjomlar taqdim etilgan.

Turkiya elchisi O‘zbekiston hukumati tomonidan kasallikning tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuqori darajada va o‘z vaqtida amalga oshirilganligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi Ravshan Izamov O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2046 nafarni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют