» » Toshkentda koronavirusga chalingan yuragi xasta homilador ayol farzandli bo‘ldi (video)

Toshkentda koronavirusga chalingan yuragi xasta homilador ayol farzandli bo‘ldi (video)


Toshkentda yuragi kasal, COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgan homilador ayol farzand dunyoga keltirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, 24 yoshli U.B. ilk homiladorligi bo‘yicha oilaviy poliklinikada ro‘yxatda turgan. Bemor 2017-yilda tug‘ma yurak nuqsoni tufayli murakkab jarrohlik operatsiyasini o‘tkazgan.

2020-yilning 9-aprel kuni Toshkent shahar 4-son klinik shifoxonasining tug‘ruq bo‘limiga 32-33 haftalik homila bilan o‘tkir respirator kasalligi tashxisi bilan kelgan. Tibbiyot muassasasida koronavirus infeksiyasiga tekshirish uchun surtma olingan. 10-aprel kuni tahlil natijasi musbat ekanligi aniqlangan.

Shundan so‘ng homilador ayolga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida og‘ir ahvolda Toshkentdagi 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan.

Tug‘ruq majmuasida kardioxirurg, kardiolog, pulmonolog, infeksionist, terapevt, anesteziolog-reanematolog va akusher-ginekologlar tomonidan ayol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zaruriy tekshiruvlardan so‘ng kerakli davolash chora-tadbirlari belgilangan.

Kardioxirurg tomonidan tug‘ruqni jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirish tavsiya qilingan. Ayol 1-may, juma kuni, vazni 3150 gramm, bo‘yi 52 santimetr bo‘lgan o‘g‘il bola chaqaloqni dunyoga keltirdi.

Hozirda ayolning va yangi tug‘ilgan chaqaloqning ahvoli yaxshi, ular shifokorlarning qat’iy nazorati ostida, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:

23-aprelda Toshkentda tug‘ruqxonaga borishga ulgurmagan ayol PPX mashinasida farzandini dunyoga keltirgani xabar qilingandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida homilador ayol shifoxonaga vertolyotda olib borilgan, ayol o‘g‘il farzandli bo‘lgan, keyinroq chaqaloqqa viloyat hokimi sovg‘asi topshirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют