» » Sirdaryodagi toshqindan so‘ng 56 kishi turli jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizildi

Sirdaryodagi toshqindan so‘ng 56 kishi turli jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizildi


Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan biri buzilib, suv toshqini yuz berganidan so‘ng o‘nlab fuqarolar tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov ma’lum qildi.

Sodiqovning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda vaziyat oqibatida 56 nafar fuqaro turli xil jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizilgan. Umuman, 17,3 ming kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Jabrlanuvchilarning ahvoli haqida qo‘shimcha axborot berilmagan. Qayd etish joiz, Sirdaryo viloyatidagi favqulodda vaziyat yuzasidan berilgan dastlabki axborotlarda tan jarohati olganlar va qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushmayotgani ta’kidlangan edi.

Ma’lumot uchun, Sardoba suv omboridagi avariyadan so‘ng voqea joyiga zudlik bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov yetib borgan; suv ombori yaqinidagi Qo‘rg‘ontepa va Do‘stlik aholi punktlari toshqindan jiddiy zarar ko‘rgan, xavf hududidagi 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. U 1-may kuni Oqoltin tumanida aholi bilan bo‘lgan muloqotda “sharoit yaxshilanmagunicha, rahbarlarning birortasi, men bosh, hech qayerga ketmaydi”, deb ta’kidlagan edi. Ta’kidlashlaricha, avariyaga kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat yuzasidan FVVda koll-sentr faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Tashkil etilgan tezkor raqam kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Qo‘ng‘iroqlar 1205 va 1250 qisqa telefon raqamlari orqali qabul qilinmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют