» » Joze Mourinyo: “Real”daligimda “Barselona”ning ustunligiga chek qo‘ygan edik

Joze Mourinyo: “Real”daligimda “Barselona”ning ustunligiga chek qo‘ygan edik


“Real” sobiq bosh murabbiyi, hozirda “Tottenhem” klubini boshqarayotgan Joze Mourinyo Ispaniyada “Barselona” bilan bo‘lgan raqobatni yodga oldi.

“Biz mavjud eng yaxshi usul bilan “Barselona” gegemoniyasiga chek qo‘ygandik. Krishtianu Ronalduga ega mening qo‘l ostimdagi “Real” Yevropaning eng yaxshi jamoasi edi. Biz raqib darvozasi tomon tezkor va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurishlar qilardik. Jamoada to‘xtatib bo‘lmas bog‘lamlar bor edi”, — deydi Mourinyo.

Portugaliyalik mutaxassis 2010—2013-yillar davomida “Real”ni boshqargan. Joze madridliklar bilan Ispaniya chempionati (2012-yil), Ispaniya Kubogi (2011-yil) va Superkubogida (2012-yil) g‘olib chiqqan.

“Real”dagi faoliyatidan so‘ng mutaxassis “Chelsi”ga qaytgan va u yerda 2015-yilgacha ishlagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют