» » Jon Terri: Joze Mourinyo “Liverpul” nomini ham aytmasdi. U shunchaki bularga yutqazmaslik shart derdi

Jon Terri: Joze Mourinyo “Liverpul” nomini ham aytmasdi. U shunchaki bularga yutqazmaslik shart derdi


“Chelsi” sobiq sardori Jon Terri londonliklar jamoasini Joze Mourinyo boshqargan paytda Rafael Benitesning “Liverpul”i bilan kechgan raqobatni yodga oldi.

“Ikki murabbiy ham o‘zaro raqobatga katta e’tibor qaratardi. Mourinyo “Liverpul”ga qarshi o‘yin oldidan nimalar degani hali ham yodimda, biz o‘sha vaqtda muddatdan avval chempionlik masalasini hal qilib qo‘ygandik.

“Liverpul”ni 20—30 ochkoga ortda qoldirayotgandik, Mourinyo esa shunday dedi: “O‘yinni hech qanaqasiga bularga boy bermasligimiz kerak”.

U hatto “Liverpul” degan so‘zni aytmasdi. Shunday degandi: “Bugun siz unga yutqazmaysiz, siz ulardan ancha kuchlisiz”. Bu gaplar kechagidek esimda”, — deydi Terri.

Mavzuga doir: Jon Terri: Rafael Benites bilan birinchi kundanoq chiqisha olmaganman

Portugaliyalik mutaxassis “Chelsi”dagi dastlabki faoliyatida jamoani 2004—2007-yillar mobaynida boshqaradi. Ushbu vaqt ichida uning qo‘l ostidagi jamoa ikki bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют