» » Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisani Qozog‘iston prezidenti bilan muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisani Qozog‘iston prezidenti bilan muhokama qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Suhbat avvalida prezidentlar Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa bilan bog‘liq joriy vaziyatni hamda uning ikki mamlakat chegaraoldi hududlaridagi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha yaqin hamkorlikni tashkil etish masalalarini batafsil muhokama qilgan.

“Prezidentlar hukumatlarga ishni muvofiqlashtirgan holda ta’minlash va yuzaga kelayotgan barcha masalalarni tezkor hal qilish bo‘yicha topshiriq berdilar”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va uning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida amalga oshirilayotgan samarali chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlangan.

“Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar”, — deyiladi rasmiy axborotda. Ta’kidlanishicha, suhbat an’anaviy samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют