» » Yaponiya sotuvchisiz avtomatik do‘konlarni joriy etishga qaror qildi

Yaponiya sotuvchisiz avtomatik do‘konlarni joriy etishga qaror qildi


Yaponiya hukumati mini-supermarketlar tarmoqlari beshta asosiy operatori bilan hamkorlikda mamlakatda sotuvchisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan do‘konlarni joriy etish haqida qaror qabul qildi. Mazkur tizim 2025-yilda ishga tushishi lozim. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

Tizim mahsulot o‘ramidagi maxsus chiplardan foydalanishga asoslanadi. Mahsulot haqidagi ma’lumotga ega mazkur chiplar yordamida kassa apparati mahsulotlarni xaridor savatidayoq avtomatik tarzda hisoblaydi.

Bu jarayonga o‘n soniyaga yaqin vaqt sarflanishi ma’lum qilinmoqda. Shundan so‘ng kassa apparati zarurat bo‘lganda xaridorga qaytim va chek beradi, robot esa xaridlarni paketga joylashga yordam beradi.

Tizim Osaka prefekturasidagi Moriguti shahri do‘konlaridan birida allaqachon sinovdan o‘tkazildi.

Chiplarni arzonlashtirishga erishish uchun Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi ishlab chiqaruvchilarga davlat ko‘magini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют