» » Shevchenko va Lempardda o‘sish, top-10 ga qaytgan Totti. 2006-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

Shevchenko va Lempardda o‘sish, top-10 ga qaytgan Totti. 2006-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)


Transfermarkt portali 2006-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.

O‘sha vaqtda “Barselona”da to‘p surgan Ronaldinyoning narxi 2005-yildagidan 20 millionga ortib, 70 million yevroni tashkil etgan. Shu yili “Milan”dan “Chelsi” safiga o‘tgan Andrey Shevchenko (51 million yevro) ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, “Arsenal” sobiq hujumchisi Tyerri Anri (50 million yevro) bir yil avvalgiga nisbatan bir pog‘ona pastlagandi.

2006-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:

1. Ronaldinyo — 70 million yevro

2. Andrey Shevchenko — 51 million yevro

3. Tyerri Anri — 50 million yevro

4. Frenk Lempard — 38,5 million yevro

5. Franchesko Totti — 37 million yevro

6. Maykl Essyen — 36,5 million yevro

7. Samyuel Eto’O — 36 million yevro

8. Rud van Nistelroy — 36 million yevro

9. Ueyn Runi — 36 million yevro

10. Mixael Ballak — 35 million yevro

To‘liq ro‘yxat:

2006-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Janluiji Buffon (35 million yevro);

Himoyachilar: Alessandro Nesta (32), Jon Terri (30), Karles Puyol (27);

Yarim himoyachilar: Frenk Lempard (38,5), Maykl Essyen (36,5), Franchesko Totti (37), Ronaldinyo (70);

Hujumchilar: Kaka (35), Tyerri Anri (50), Andrey Shevchenko (51).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют