» » Samarqand shahar xalq ta’limi hisobchilari 870 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi

Samarqand shahar xalq ta’limi hisobchilari 870 mln so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani ma’lum bo‘ldi


Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganishda markazlashgan buxgalteriya xodimlari 2018—2019-yillar davomida 870 million so‘m mablag‘ni noto‘g‘ri sarflagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda hisob palatasi hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv xulosalarida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Samarqand prokuraturasi axborot xizmatining ma’lumot berishicha, Samarqand shahar XTB tomonidan 2019-yilning iyun-sentabr oylarida moddiy yordam puli berish haqida buyruq chiqarilmagan maktab xodimlariga ism-sharifini ko‘rsatmasdan, asossiz ravishda 160 million so‘m moddiy yordam puli to‘lab berilgan.

Shuningdek, bo‘limning markazlashgan buxgalteriyasi tomonidan 158 million so‘m miqdordagi budjet mablag‘lari shahar davlat soliq inspeksiyasiga mol-mulk solig‘i uchun to‘lab berilgan. 2019-yil 30-iyunida esa ichimlik suvi va oqova suvdan bo‘lgan qarzdorlik uchun 16 million so‘m o‘tkazilib, jami 174 million so‘m rastrata qilingan.

Aniqlanishicha, bo‘lim markazlashgan buxgalteriyasi hisobchilari shahardagi 20 ta maktabda ishga kelmagan, kasallik varaqasi bo‘lgan va boshqa sabablarga ko‘ra iqtisod qilingan 674 million 729 ming so‘m pulni ushbu ta’lim muassasalarida ishlamagan, ishdan bo‘shab ketgan hamda ishlab turgan ba’zi xodimlar nomiga hech bir asossiz to‘lab bergan.

Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan shahar XTB xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Payariq hamda Ishtixon tuman xalq ta’limi bo‘limi hisobchilari budjet mablag‘larini  talon-toroj qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют