» » Payariq tuman XTB mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Payariq tuman XTB mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Payariq tuman xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlari 2017—2019-yillar davomida salkam bir yarim milliard so‘m miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Payariq tuman XTB mansabdor shaxslari va boshqalar muassasada ishlamagan xodimlarga 681,8 million so‘m, tug‘ruqgacha va tug‘ruqdan keyingi ta’til uchun 89,9 million, xodimlarning mehnat ta’tili uchun 188,7 million so‘m hamda ish haqqi uchun 326,1 million so‘m — jami 1 milliard 487 million so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Samarqand viloyat porokuraturasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Payariq tuman xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 184-1-moddasi (budjet va smeta-shtat intizomini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atilgan.

Payariq tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri Alisher Rashidovning ma’lum qilishicha, talon-toroj qilingan 1 milliard 487 million so‘m mablag‘ bo‘limning 22 nafar hisobchisi tomonidan amalga oshirilgan. Bo‘lim hisobchilari bunday xildagi qonunbuzarliklar o‘zlari tomonidan amalga oshirilganligi to‘g‘risida tegishli tashkilotlarga o‘z tushuntirish xatlarida ma’lum qilgan. Yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda xalq ta’limi tizimida 6 milliard 174 millon so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirilganligi xabar qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют