» » Rossiyada smartfon-tank — iPhone T-34 taqdim etildi

Rossiyada smartfon-tank — iPhone T-34 taqdim etildi


Rossiyada Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan yangi Caviar kolleksiyasi taqdim etildi, deb xabar beradi IXBT.

Flagman smartfonlarini g‘aroyib versiyaga aylantirishi bilan tanilgan Rossiyaning Caviar brendi Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga 75 yil to‘lishi munosabati bilan yangi iPhone 11 Pro Pobeda kolleksiyasini taqdim etdi.

Kolleksiyadan to‘rtta model o‘rin olgan. Ular orasida T-34 tanki uslubida yaratilgan iPhone 11 Pro ham mavjud. Smartfon korpusi titandan ishlangan bo‘lib, u lazer yordamida bezatilgan. Ta’kidlanishicha, qurilmaning relyef shakli afsonaviy tankning tashqi ko‘rinishi va konstruktorlik xususiyatlarini takrorlaydi. Bu turdagi model narxi 319 ming rubl (4100 dollar)dan boshlanadi.

iPhone 11 Pro “Ofitserlar” modeli esa 309 ming rubl turadi. Uni yaratishda “Ofitserlar” filmidagi kadrlardan foydalanilgan bo‘lib, qurilma korpusiga “Shunday bir kasb bor — Vatanni himoya qilish” iqtibosi yozib qo‘yilgan. iPhone 11 Pro “Moskvani himoya qilamiz” modeliga tillarang ko‘rinishdagi Kreml tasviri tushirilgan bo‘lib, uning narxi 337 ming rubl (4300 dollar).

Modellar orasida eng qimmati — iPhone 11 Pro SSSR bo‘lib, uning narxi 349 ming rubl (4500 dollar)ni tashkil etadi. Smartfon korpusi titandan ishlangan va qora rangdagi tabiiy timsoh terisi bilan qoplangan. Orqa paneli 999 probali oltin bilan qoplangan SSSR gerbining relyefi o‘rnatilgan. Korpusning pastki qismiga lazer yordamida urushdan keyingi madhiyaning so‘zlari bitilgan.

Barcha modellar cheklangan miqdorda — 75 nusxada ishlab chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют