» » Holandning sobiq murabbiyi: Erling — yangi Ibragimovich. U “Real” uchun yaratilgan

Holandning sobiq murabbiyi: Erling — yangi Ibragimovich. U “Real” uchun yaratilgan


Slovakiyalik murabbiy Stanislav Matsek “Borussiya D” hujumchisi Erling Holand borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ular “Zalsburg” klubida birga ishlagan.

“Erling nimani xohlayotganini biladi. Sizlarga u haqda qiziq voqeani aytib berishim mumkin. Uning yoqtirgan qizi Norvegiyadan. Qiz bir kuni Zalsburgga, uning yoniga keldi. Bir necha kundan keyin esa ortiga qaytib ketdi. Chunki Erling unga e’tiborini futbolga qaratishi lozimligini aytgan.

Holandni ko‘rib, juda hayron qolgandim. U xuddi professionallardek harakat qiladigan yosh iqtidor egasi edi. Holand menga shunday derdi: ‘Cho‘qqiga chiqish uchun tezlik bilan emas, tirishqoqlik bilan ishlash kerak’. U to‘xtovsiz mehnat qiladi.

Holand — yangi Ibragimovich. Uni hatto harakatlar va tezlikda Zlatandan yaxshiroq deb hisoblayman. Erling o‘z kasbiga ajoyib munosabatda bo‘ladi. U “Borussiya”ga o‘tib katta qadam tashladi. Hozirda u Germaniyada eng yaxshilardan biri. Agar Holand shu tariqa o‘sishda davom etsa, uni yaqin orada yanada kattaroq klubda ko‘rishimiz mumkin. Masalan “Real”da. Madridda doim eng yaxshilar to‘p surgan va Erling — ulardan biri. Shubhasiz, u “Real” uchun yaratilgan”, — deydi Matsek.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 123) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют