» » Buxoro, Samarqand, Toshkentda jami 49 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, sog‘ayganlar soni 1454 nafarga yetdi

Buxoro, Samarqand, Toshkentda jami 49 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, sog‘ayganlar soni 1454 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning yana 48 nafari tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 1454 nafarga yetdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Buxoroda 35 nafar bermor sog‘ayib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan. Ularning 20 nafari Rossiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 15 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 26 nafari erkak, 9 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 83 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshli bola ekanligi aytilgan.

Ayni paytda kasalxonada yana 67 nafar bemor davolanmoqda.

Samarqand viloyatida 10 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 48 yoshda, eng yoshi kichigi esa 16 yoshdaligi ma’lum qilindi. Viloyatda shu paytga qadar 24 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 34 nafarni tashkil qilmoqda.

Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar bemor sog‘ayib chiqqan. Ularning 3 nafari poytaxtdan, 1 nafari esa Toshkent viloyatidan bo‘lib, ular ham koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Sog‘ayganlarning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 6 yoshda ekani aytilgan. Ayni paytda Toshkent shahrida tuzalganlar 459 nafarga yetdi.

Shunday qilib, 5-may, 14:05 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1454 nafarni tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda 4-may soat 23:00 dan buyon koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq birorta yangi holat qayd etilmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют