» » Professor: Qozog‘iston lotin alifbosini rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish uchun tanladi

Professor: Qozog‘iston lotin alifbosini rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirish uchun tanladi


Qozoq tilining lotin grafikasiga o‘tishi respublikaning rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishi maqsadida qo‘yilgan yana bir qadam. Bunday nuqtai nazar Ostonada joylashgan Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universitetining filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor Sholpan Jarkinbekova tomonidan bildirildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Har bir suveren davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab oladi, shu jumladan til sohasida ham. Rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishni maqsad qilib qo‘ygan Qozog‘iston dunyodagi eng keng tarqalgan va dunyodagi ma’lumotlarning 90 foizi yaratiladigan va saqlanadigan ingliz tilining asosiy alifbosi hisoblanadigan lotin alifbosini tanladi.

Sholpan Jarkinbekov, filologiya fanlari doktori, professor

Olimning so‘zlariga ko‘ra lotin grafikasi amalda allaqachon Qozog‘istonda qo‘llanilmoqda, ayniqsa internet olamida.

O‘n minglab qozog‘istonliklar xorijda o‘qiydi va ishlaydi hamda yozishmalar uchun lotin yozuvidan foydalanadi. Men o‘z kasbiy faoliyatimda lotin yozuvidan foydalanishni o‘n yil avval AQSh, Yevropa, Turkiya va Xitoyda yashovchi turk tilida so‘zlashuvchi hamkasblarim bilan internet orqali yozishishdan boshlaganman.

Sholpan Jarkinbekov, filologiya fanlari doktori, professor

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют