» » Prezident Xalq qabulxonasi Sardobaga 50 mln so‘mdan ziyod “Saxovat karvoni”ni jo‘natdi

Prezident Xalq qabulxonasi Sardobaga 50 mln so‘mdan ziyod “Saxovat karvoni”ni jo‘natdi


Sardobada ro‘y bergan fojiada jabrlangan aholiga yordam berish maqsadida Prezident Xalq qabulxonalari xayrli ishga qo‘l urdi. Bu haqda “Daryo”ga Prezident xalq qabulxonasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Prezident Xalq qabulxonasi tomonidan bir necha yuk avtomashinalarida jami 50 million so‘mdan ziyod kundalik ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar, issiq kiyim-kechaklar, ro‘zg‘or buyumlari, gigiyenik vositalar, badiiy kitoblar, o‘quv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga yetkazilgan.

Shu bilan bir qatorda, Prezident Xalq qabulxonalari xodimlari Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari kabi bir qator idora vakillari bilan hamkorlikda talab etilgan joylarda qurilish-ta’mirlash ishlarida  ham faol ishtirok etmoqda.

Yuzdan ziyod xonadonga kerakli bo‘lgan qurilish mahsulotlarini yetkazib, quruvchi mutaxassislar bilan birgalikda mehnat qilmoqda.

“Sardobaliklarning tez orada yana hayotlarini o‘z iziga tushirib olishiga ishonamiz. Buning uchun esa Prezident Xalq qabulxonalari bir zumga bo‘lsa ham o‘z shijoatlarini, mehnatlarini susaytirmaydi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют