» » Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yer silkinishi kuzatildi

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yer silkinishi kuzatildi


Toshkent vaqti bilan 6-may kuni soat 15:51 da Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida yuz bergan zilzila markazi 39,79 gradus shimoliy kenglik, 73,93 gradus sharqiy uzunlikda, 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Yer qimirlash kuchi zilzila markazida 5 ballni tashkil qilgan.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Toshkentdan 431 kilometr janubiy-sharqiy yo‘nalishda joylashgan. Yer silkinishi O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysidagi viloyatlarida sezilgan. Xususan, zilzila kuchi Namanganda 2 ballni, Andijonda 3 ballni va Farg‘onada 2 ballni tashkil qilgan.

“Respublikaninig boshqa hududlarida zilzila sezilmadi, talafotlar bo‘yicha ma’lumotlar kelib tushmadi”, — deyiladi FVV xabarida.

Biroq “Daryo” mushtariylarining ma’lum qilishicha, mazkur yer silkinishi Toshkent shahrida ham sezilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют