» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 165 ming kishidan oshdi, 1537 nafar bemor vafot etdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 165 ming kishidan oshdi, 1537 nafar bemor vafot etdi


Rossiyada so‘nggi bir sutka ichida 10 559 kishida koronavirus aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 165 929 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “RBK” Kasallikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabga tayanib.

Umumiy hisobda Rossiyada 1 537 kishi vafot etgan, 21 327 nafari sog‘aygan. Mamlakatda qatorasiga 4 kundan beri har sutkada 10 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlanmoqda. 3-may kuni 10 633 ta, 4-may kuni 10 581 ta holat aniqlangan bo‘lsa, 5-may kuni 10 102 kishida koronavirus qayd etilgan.

Qayd etilishicha, yangi kasallanganlarning 40 foizida kasallikning klinik belgilari kuzatilmagan. So‘nggi sutkada qayd etilgan kasallanish holatlarining eng ko‘pi — 5 858 tasi Moskva shahrida aniqlangan. Shuningdek, bemorlarning 312 nafari Moskva viloyatidan, 829 nafari Sankt-Peterburgdandir.

Moskva koronavirusga chalinganlar soni ortishi bo‘yicha ham mamlakatda birinchi o‘rinda — poytaxtda shu kungacha 85 973 kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan.

Virusologlar kasallanganlar sonining ortishi uni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan testlar sonining ortgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda. 5-may holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha 4,4 millionta test o‘tkazilgan.

Mavzuga doir: Rossiyalik olim koronavirusning o‘ziga xos xususiyatini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют