» » “So‘nggi pushaymon — o‘zingga dushman”. Bollivud yulduzlari karyerasidagi eng katta xatolar

“So‘nggi pushaymon — o‘zingga dushman”. Bollivud yulduzlari karyerasidagi eng katta xatolar


Hamma xato qilishi tabiiy, lekin shunday xatolar borki, vaqt o‘tib ular tahlil qilinganda “til tishlab qolinishi” mumkin. “Yandeks Dzen” platformasida e’lon qilingan Bollivud yulduzlari ijro qilishdan bosh tortgan rollar buning yaqqol misoli.

Shohrux Xon ikki marotaba Oskar mukofotiga sazovor bo‘lishdan bebahra qolgan. Bunga “Bir kuni Hindistonda” (Lagaan) va “Xarobadan chiqqan millioner” (Slumdog Millionaire)dagi qahramon rolini o‘ynash taklifini rad qilgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, aktyor “Munnaboy” filmidagi bosh qahramon rolini ijro qilishdan ham bosh tortgan.

Salmon Xon karyerasi davomida quyidagi omadsiz qarorlarni qabul qilmaganida Bollivud qiroli bo‘lgan bo‘lardi. U “Firibgar” (Baazigar) filmida rol ijro qilish taklifini rad qilgan va ushbu rol Shohrux Xonga nasib qilgan. Agar aktyor yaxshilab o‘ylab ko‘rib keyin qaror qilganida edi, biz “O‘tkinchi dunyo” (Kal Ho Naa Ho) filmidagi Saif Ali Xon rolida Salmon Xonni ko‘rishimiz mumkin bo‘lardi. Uning yana bir noto‘g‘ri qarori “Olg‘a, Hindiston” (Chak De India) filmida rol o‘ynashdan bosh tortgani bo‘lgan.

Amir Xon karyerasidagi xato qarorlar boshqa yulduzlarniki kabi ko‘p emas. Aktyor 90-yillarda ekran yuzini ko‘rgan “Qo‘rquv” (Darr) filmidan tushgan taklifni rad qilgan.

Karina Kapur so‘nggi vaqtlarda ajoyib rollarni tanlayotgan bo‘lsa-da, karyerasida bir necha marta noto‘g‘ri qaror qabul qilgan. “Sevaman, deb ayt” (Kaho Naa Pyaar Hai) filmi buning yaqqol misoli. Agar “O‘tkinchi dunyo” filmida o‘ynashdan bosh tortmaganida, Priti Zinta rolida Karinani ko‘rgan bo‘lardik. Shuningdek, aktrisa Page 3 va “Ram va Lila” filmlarida ishtirok etishni istamagan.

Ritik Roshan ham yuqoridagi hamkasblaridan qolishmaydi. U do‘sti Farxan Axtarning debyut filmi “Orzumand yuraklar” (Dil Chahta Hai)da rol o‘ynashdan bosh tortgan. Rejissor Ashutosh Govarikerning “Vatanga qaytish” (Swades) filmida bosh qahramonni jonlantirishni istamagani aktyor karyerasidagi eng katta xato bo‘lgan. Qolaversa, Ritik “Za’faron rangi” (Rang De Basanti) rolidan ham bosh tortgan.

Akshay Kumar “Firibgar” hamda “Maqbul” (Maqbool) filmlarida rol ijro etish taklifini qabul qilmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют