» » O‘zbekistonda pensiyalarni to‘lashning kechikishi texnik sabablar bilan izohlanadi

O‘zbekistonda pensiyalarni to‘lashning kechikishi texnik sabablar bilan izohlanadi


Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning 14-apreldagi qo‘shma yig‘ilishi qaroriga asosan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida pensioner va nafaqaxo‘rlarning salomatligini saqlash uchun may oyidan pensiya va nafaqalarni to‘liqligicha plastik kartalarga o‘tkazish orqali amalga oshirilishi belgilangan edi. May oyining boshidan boshlab ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari kartalarni yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar, Xalq banki filiallarida pensiyalarni olishdagi uzundan-uzun navbatlar haqida yozmoqda.

“Gazeta.uz” mushtariylaridan biri Nukus shahridagi Xalq banki filiali qarshisida paydo bo‘lgan navbatning videokadrlarini ulashgan. Bank xodimlarining ma’lum qilishicha, fuqarolar filialga turli to‘lovlarni amalga oshirish, kartadagi pullarni naqdlashtirish va boshqa maqsadlarda kelgan.

Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va Xalq banki 7-may kuni qo‘shma murojaat bilan chiqib, bank Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida barcha nafaqaxo‘r va pensionerlar uchun plastik kartalar ochganini ma’lum qildi. O‘z navbatida Pensiya jamg‘armasi 1,4 trillion so‘m hajmdagi pul mablag‘lari to‘lanishini moliyalashtirgan.

Murojaatda ta’kidlanishicha, bir vaqtning o‘zida 480 mingdan ortiq pensiya va nafaqalarni bank kartalariga yuklanishi AT Xalq bankining elektron axborot tizimida yuqori darajada yuklama keltirishiga sabab bo‘lgan.

“Pensiya jamg‘armasi tomonidan har bir pensiya va nafaqa oluvchi to‘g‘risida yuborilgan fayllar Xalq banki serverlari bazasidagi fuqarolarga ochilgan karta ma’lumotlari bilan avtomatik tarzda solishtirilib, tasdiqlangandan so‘nggina pensiya va nafaqa mablag‘lari tegishli bank kartalariga o‘tkazildi”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, may oyining dastlabki kunlari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelganligi bois pensiya pullari 4-may sanasidan boshlab bank kartalariga yuklanishi boshlangan.

Shuningdek, pensiya va nafaqa oluvchi barcha fuqarolarga bank kartalari fuqarolarning yashash manzillariga bankning sayyor kassalari tomonidan oldingi pensiya tarqatish grafigi bo‘yicha yetkazilib, mazkur bank kartalaridan fuqarolarning xohishiga ko‘ra sterillangan mablag‘lar naqdlashtirib beriladi.

Ta’kidlanishicha, bank kartalarini fuqarolarning yashash manzillariga yetkazilish holati o‘rganilganda, ba’zi tuman bo‘limlarida, pensiya va nafaqa oluvchilarga bank kartalarini tarqatishda fuqarolarning bir joyga to‘planish holatlari kuzatilgan. Markaziy bank qaroriga ko‘ra, bank kartalari har bir pensioner va nafaqa oluvchining xonadoniga yetkazib berilishi kerak.

Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki yuqorida keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Pensiya to‘lovlarini yetkazish bilan bog‘liq savollar bo‘lsa,  Xalq bankining — 1106 hamda Pensiya jamg‘armasining — 1140 “ishonch telefoni” orqali murojaat qilish mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 111) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют