» » Ozbekistondagi 188 ta mahallada pensionerlar uchun sharoitlar mavjud emas

Ozbekistondagi 188 ta mahallada pensionerlar uchun sharoitlar mavjud emas


Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi qaroriga muvofiq, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi tomonidan joylarda pensiya va nafaqa tolovlari uchun ajratilgan binolarning yoz mavsumiga tayyorgarligi organildi. Bu haqda OzA xabar qiladi.

Natijada 188 ta mahallada pensionerlar uchun sharoitlar mavjud emasligi, shuningdek, pensiya va nafaqa tolovlari olish uchun umuman maxsus xona ajratilmagani sababli tolovlar bevosita AT Xalq banki maxsus kassalari uchun ajratilgan avtoulovlarda amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Xususan, Navoiy viloyati Karmana tumani Shibzon MFYning binosi mavjud emasligi sababli pensiyalar avtoulovda tarqatilmoqda. Toshkent shahar Chilonzor tumani Katta Qozirobod mahallasida tolovlar qurilish uchun moljallangan vagonda amalga oshirilmoqda, deyiladi jamgarma tarqatgan malumotda.

Shuningdek, joylarda pensionerlar bilan otkazilgan suhbatlarda mustaqil harakatlanish hamda pensiyalarni maxsus kassalardan olish imkoniyati bolmagan shaxslarga tolovlar kech yetkazilishi yuzasidan etirozlar bildirilgan.

Xususan, Andijon viloyati Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.R. va uning ikki nogiron farzandiga pensiyalar kechiktirib tolanishi sababli, uning turmush ortogi MFY binosiga borib pensiya pullarini olishga majbur bolayotganini haqli etiroz bilan aytgan.

Shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Ellikqala tumani Tuproqqala MFYda pensiya tolovlari uchun naqd pul mablaglari bank xodimining shaxsiy avtoulovida tarqatilayotgani malum boldi.

Eslatib otamiz, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-martdagi qaroriga muvofiq, 2017-yilning iyul oyidan boshlab pensiya va nafaqalar tarqatilishi AT Xalq banki sayyor kassalari tomonidan mahalla fuqarolar yiginlari binolarida amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ushbu qarorda Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga pensiyalarni tarqatish boyicha mahalla fuqarolar yiginlari binolarida yoki pensionerlar uchun qulay bolgan boshqa mamuriy binolarda alohida xonalarni ajratish vazifasi yuklatilgan.

Monitoring ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-05-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 21) ( 0) ( 20) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -