» » Saudiya Arabistonida karantinni nazorat qiluvchi maxsus bo‘linma tashkil etildi

Saudiya Arabistonida karantinni nazorat qiluvchi maxsus bo‘linma tashkil etildi


Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusga qarshi kurash doirasida joriy etilgan cheklovlarni nazorat qilish uchun politsiyada maxsus bo‘linma tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

“Politsiya karantin choralariga rioya etilishini nazorat qiladi va besh kishidan ortiq odamning bir joyda to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jamoat va xususiy joylarda uchrashuvlar, jumladan, uy va do‘konlarda bir oila a’zolaridan boshqalarning to‘planishi taqiqlanadi, qonunbuzarlar 100 ming riyol (27 ming dollar) miqdorida jarimaga tortiladi”, — deyiladi xabarda.

Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanganlar soni ortishi davom etmoqda. Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligining 7-may kungi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 33,7 ming kishida COVID-19 aniqlangan bo‘lib, ularning 1793 nafari o‘tgan bir sutka hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirga qadar 219 bemor koronavirus qurboniga aylangan, 7798 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Saudiya Arabistoni pandemiyaning moliyaviy oqibatlari qachondan yuzaga kelishini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Saudiya Arabistonida 23-martdan boshlab shaharlar aholisining harakatlanishiga taqiq kiritilgan bo‘lib, soat 19:00 dan 06:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilgan. Mazkur cheklov 21 kun davomida amalda bo‘lishi belgilangan edi. Aprel oyining oxirlarida komendantlik soati qisman bekor qilinishi ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 105) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют